Profile cover photo
Profile photo
Muzaffar Qosimov
22 followers
22 followers
About
Posts

Post has attachment
Xullas, buyumlar interneti hali ufq ortidagi uzoq masofada emas. Bu soha shiddat bilan rivojlanish bosqichiga o‘tgan. Tayyor turing: uyda pishloq qolmaganini sizga xotin emas, muzlatgich xabar qiladigan payt yaqin 😀
Add a comment...

Post has attachment
Intermetallidlar qo‘llaniladigan yana bir qiziq va muhim soha bu – shakl hafizasiga (shakl xotirasiga) ega buyumlar va konstruksiyalar tayyorlash sohasidir. Ko‘pchilik yana o‘sha «qotishma» deb o‘ylaydigan va aslida titan va nikelning kimyoviy birikmasidan iborat intermetallid bo‘lgan nitinol shunday xossaga ega. Unda titan va nikel teng mol nisbatidagi kristall strukturali birikma hosil qiladi. Bunday kristall panjara yuqori darajali haroratlarda shakllanadi va uni toblash ham mumkin. Agar uni qizdirib, keyin shakli o‘zgartirilsa ham, soviganidan keyin u yana o‘zining avvalgi, boshlang‘ich shakliga kelib qoladi.
Add a comment...

Post has attachment
Apparat AQSHlik astrofizik olim Yudjin Parker sharafiga nomlangan. Bu tarixiy nomlanish hamdir. Chunki, NASA tarixda birinchi marta kosmik apparatni hali o‘zi hayot bo‘lgan olim sharafiga nomlamoqda. Yudjin Parkerning o‘zi hozir 91 yoshda va u hali tiniq fikr va aql egasi sifatida, ilmiy ishlarni davom ettirmoqda. Parkerning ilmiy ishlari Quyosh toji tuzilishini, hamda, Quyosh shamoli fizikasini yaxshiroq tushunib olishimizga zamin yaratgan. U Quyosh plazmasini o‘rganish ishlarida eng yetakchi olim sanaladi.
Add a comment...

Post has attachment
Assalomu alaykum!
Bugun sizlarga Orbita.Uz kutubxonasidan yangi elektron kitob taqdim qilmoqchimiz.
Muallif: - Ayzek Azimov

O‘zbek tiliga www.Orbita.Uz sayti tarjimasi

Tematik yo‘nalishi: Ilmiy-ommabop adabiyotlar turkumidan

Tarixi: www.Orbita.Uz elektron kutubxonasii, 2018 yil.

Orbita.Uz taqdim etayotgan elektron nusxa: .pdf formatidagi, kompyuterda terilgan.

Grafikasi: O‘zbek tili lotin alifbosida.
Add a comment...

Post has attachment
Uglerod atomlarining boshqa elementlar atomlaridan keskin farq qiluvchi muhim jihati shundaki, uglerod – uzun zanjir va halqalardan, hamda, zanjir va halqalar kombinatsiyasidan iborat molekulyar birikmalar hosil qila oladi. Boshqa elementlar esa birikmalar hosil qilishda ko‘p bilan bir necha o‘ntagacha atomlardan iborat uncha katta bo‘lmagan molekulalar hosil qila oladi xolos. Uglerod zanjirlaridan iborat molekulalar esa, yuzlab, minglab va hatto millionlab atomlardan iborat bo‘lishi mumkin. Faqat uglerodgina barqaror hayotiy kimyoviy jarayonlarni ta’minlay oladigan murakkab va yirik molekulalar hosil qila oladi. Boshqa hech qanday element bunday xossaga ega emas. Shu sababli ham uglerod – hayot elementi deyiladi. Yer biosferasidagi hayot shakli ham shu sababli uglerodli hayot shakli deyiladi.
Add a comment...

Post has attachment
Qoidalarni shunchaki rad etilishi bilan bog‘liq ushbu tushunmovchilikning ham asosi keyinchalik, 1960-yillardagi tadqiqotlar asosida aniqlab olingan edi. Ma’lum bo‘lishicha, Rim raqamlari joriy qilingan ilk zamonlardagi qo‘lyozmalarda «ayirish» qoidasiga amal qilinmaganligining sababi, Rimliklar ham xuddi yahudiylar singari o‘z xudolarining nomini yozuvda boshqa narsalar bilan aralashtirishni istashmaganliklaridan bo‘lgan ekan. Bu esa eng oddiy va nisbatan tez qo‘llanadigan 4, ya’ni, IV raqamining yozilishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Nasroniylik dini Rimda qabul qilinishidan avval ularning IVPITER nomli ma’budlari bo‘lgan. Uning nomini yozishda esa, agar yuqoridagi «ayirish» qoidasiga amal qilinsa, 4Piter deb o‘qish mumkin edi va Rimda bu narsa ma’budga nisbatan shakkoklik deb qabul qilingan. Shu sababli, ular uzoq vaqtgacha, mazkur «ayirish» qoidasini shunchaki inkor qilib yuraverishgan. Bilasizmi, hatto hozirda ham ayrim «irimchi» odamlar Rim raqamlarini yozishda IV o‘rniga IIII ni qo‘llaydilar. Hatto ular allaqachon Ivpiter ma’budiga topinishmasa ham, va ularning ko‘pchiligi hatto bunda ma’bud haqida mutlaqo bilishmasa ham, o‘sha «ajdodlardan qolgan» irimga ko‘r-ko‘rona amal qilishadi.
Add a comment...

Post has attachment
Muayyan turdagi atomning nurlanish to‘lqini uzunligi, kvant sonlarining teskari kvadratlarining ayirmasiga bog‘liq bo‘ladi.

XIX-asrning ikkinchi yarmida olimlar barcha kimyoviy elementlar faqat o‘zigagina xos bo‘lgan qat’iy aniq chastota va to‘lqin uzunligiga ega yorug‘lik nurlari chiqarishini payqab qolishdi. Bunday nurlanish chiziqli spektr hosil qilardi va ushbu spektrga ko‘ra, har qanday elementning yorug‘lik nuri rangi o‘zigagina xos bo‘lgan jilvaga ega bo‘lardi. Bunga ishonch hosil qilish uchun ko‘cha chiroqlariga nazar tashlash kifoya. E’tibor bersangiz, yirik avtomagistrallardagi yoritish chiroqlari odatda sariq rangda nur sochadi. Bu, ularning lampasi natriy bug‘lari bilan to‘ldirilganligi sababidandir. Biz ko‘ra oladigan yorug‘lik spektrida aynan natriy elementi hammadan ko‘ra intensivroq sariq spektral chiziqlar namoyon qiladi. Natriyning spektrida ikkita sariq chiziq bo‘ladi.
Add a comment...

Post has attachment
Keling endi, yuqoridagi raqamlar bilan chayqov qilishga qaytamiz. Basharti, biz hisoblagan atiga 1% ongli sivilizatsiyaga ega sayyoralardan, o‘tgan milliardlab yillar mobaynida faqat 1% qismida taraqqiyot III-darajaga yetib kelgan bo‘lganida ham, Koinotda hozirda minglab shunday favqulodda rivojlangan sivilizatsiya bo‘lishi kerak edi. Bizning galaktikamizda ham hech bo‘lmasa bitta shunday III-tur sivilizatsiya shakllangan bo‘lardi. Ularning bizga nisbatan milliardlab yil texnologik ilg‘or bo‘lishi mumkinligini inobatga olsak esa, biz ularning xatti harakatlarini, hech bo‘lmasa, radio, yoki lazer signallarini payqagan bo‘lardik. Balki «Abdullajon» filmidagi singari, ularning o‘zi biz tomonga uchib kelishgan bo‘larmidi...

Ammo, lekin, biroq... ularning radiosignallari ham, sharpasi ham, ko‘lankasi ham umuman yo‘q... MUTLAQO yo‘q...!

Xo‘sh, qani ular?
Add a comment...

Post has attachment
Xabaringiz bo‘lsa, yaqinda kun.uz saytida O‘zbekistonlik olim Farrux Fattoyev tomonidan muhim ilmiy kashfiyot qilingani haqida xabar bosilgan edi. Albatta, ushbu sayt asosan yangiliklar tarqatishga ixtisoslashgani sababli, o‘sha maqolada kashfiyotning mohiyati va uni amalga oshirgan yurtdoshimiz haqida batafsil ma’lumot berilmagan. Qolaversa, kashfiyotni o‘zi haqida ham biroz chalkash (tushunarsiz) va biroz hissiyotga berilgan tarzda ma’lumot keltirilgan edi. Ochig‘ini aytaman, avval Farrux aka bilan tanish bo‘lmaganman. Ushbu olim haqida eshitmagan ham edim. Shunga qaramay, gravitatsion to‘lqinlar masalasi bugungi kun fizikasida kun tartibidagi mavzu ekanligini e’tiborga olib, ayniqsa bu boradagi tadqiqotlarda bizning yurtdoshimiz ham bosh qo‘shganini bilgach, ushbu inson bilan tanishish va orbita.uz uchun qisqa bo‘lsa-da intervyu olish niyati paydo bo‘ldi.
Add a comment...

Post has attachment
Afsonalarga ko‘ra, ajoyib kvadratlar o‘yinini qadimgi Xitoyda o‘ylab topishgan ekan. Ushbu g‘oyat qiziq matematik o‘yinga bag‘ishlangan ilk qo‘lyozma ma’lumotlar esa, eramizdan avvalgi 2200-yillarga taalluqli bo‘lib, Imperator Yu zamonasidagi shunday kvadratlar haqida so‘z yuritadi. Ajoyib kvadrat N2 sondagi kataklardan iborat bo‘lib, kataklarning har biriga, boshqasida takrorlanmaydigan butun sonlar yozilgan. Sonlarning kataklarda joylashuv tartibi shunday bo‘lishi kerakki, ularni istalgan yo‘nalishda – xoh gorizontal, xoh vertikal va xoh diagonal yo‘nalishda qo‘shib chiqilsa, barcha taraflarda yig‘indi bir xil chiqishi kerak.
Add a comment...
Wait while more posts are being loaded